2015 yilning 11 aprel kuni “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasida yig'ilish bo'lib o'tdi

   2015 yilning 11 aprel kuni “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 sentyabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish to'g'risida”gi 2045-sonli qarori ijrosini to'laqonli va sifatli ta'minlash maqsadida o'quv amaliy seminar o'tkazildi

 

   Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va Viloyatlar Yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalarining mas'ul rahbar va xodimlar ishtirok etdilar

   Seminarda ushbu qarorga asosan amalga oshirilayotgan investitsion loyiha бo’yicha  bajarilayotgan ishlar hamda kelgusida ushbu loyiha asosida bajarilishi zarur bo'lgan vazifalar bilan tanishtirilib, tegishli tushunchalar berildi.