2017 YIL 28 Aprel
 
 
A A A    
 
logo
O’zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi
Sayt bo´yicha qidirish
 
“Ишонч телефони” Ўзбекистон Республикаси “Ергеодезкадастр” давлат қўмитаси

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaridan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta'minlash masalalari bo‘yicha arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun qo‘mita tizimida “ishonch telefoni” tashkil etish to‘g‘risida

Y O‘ R I Q N O M A

 

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining (keyingi o‘rinlarda tadbirkorlik sub'ektlari deb ataladi) qo‘mita tizimidagi tyelyefon aloqasining maxsus liniyasi (keyingi o‘rinlarda “ishonch telefoni” dyeb ataladi) orqali tushadigan ularning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta'minlash masalalari bo‘yicha arizalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlar berishning belgilangan muddatlari va tartibiga rioya qilinmasligi masalalari bo‘yicha;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) mansabdor shaxslarining noqonuniy hatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan, shuningdyek boshqa masalalar bo‘yicha tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish “ishonch telefoni”ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

 3. “Ishonch telefoni” orqali:

- arizalar-tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini amalga oshirilishida yordam ko‘rsatish so‘ralganligi to‘g‘risidagi murojaatlari;

- takliflar - tadbirkorlik sub'ektlarining davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari yuzasidan murojaatlari;

- shikoyatlar - tadbirkorlik sub'ektlarining buzilgan qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini tiklanishi talab qilingan murojaatlari qabul qilinadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining “Ishonch telefoni” (371)-273-84-01.

5. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar dushanbadan – shanba kunigacha soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha qo‘mita tizimining mas'ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

“Ishonch telefoni” Qoraqalpog‘iston Respublikasi va hududiy boshqarmalarda yo'lga qo'yilgan.

1 Qoraqalpog’iston Respublikasi 361 222-30-30
2 Andijon viloyati 374 227-81-35
3 Buxoro viloyati 365 221-01-88
4 Jizzax viloyati 372 226-25-43
5 Qashqadaryo viloyati 375 227-50-93
6 Navoiy viloyati 436 224-02-31
7 Namangan viloyati 369 233-27-64
8 Samarqand viloyati 395 199-81-50
9 Sirdaryo viloyati 367 225-25-28
10 Surxondaryo viloyati 376 224-10-22
11 Toshkent viloyati 395 199-17-73
12 Farg’ona viloyati 373 244-78-50
13 Xorazm viloyati 362 224-67-02
14 Toshkent shahri 371 239-35-21

6. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qo‘mita tizimi mas'ul xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub'yekti to‘g‘risida olingan ma'lumotlarni uning tegishli roziligisiz, shuningdyek davlat siri bo‘lgan ma'lumotlarni, tijorat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni hamda agar bu tadbirkorlik sub'yektining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini kamsitilishiga va ma'lumotlarni oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.  

         Qo‘ng‘iroq qiluvchi shaxs to‘g‘risida, murojaat qilish mavzusiga tegishli bo‘lmagan ma'lumotlarni aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

7. Takliflar qo‘mita tizimida ular tushgan kundan boshlab, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kun muddatda ma'lum qilinadi.

8. Arizalar va shikoyatlar qo‘mita tizimida kelib tushgan kundan boshlab, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganish va tyekshirishni talab qilmaydigan arizalar va shikoyatlar esa o‘n besh kundan kyechikmay ko‘rib chiqiladi.

Arizalar yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni talab qilish yoxud boshqa choralarni ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, arizalar yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddatlari tizim rahbarlari tomonidan istisno tariqasida biroq, bu haqda ariza bergan yoki shikoyat qilgan shaxsga xabar qilingan holda, bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. 

 9. “Ishonch telefoni” orqali kyelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun qo‘mita tizimida maxsus xonalar tashkil etiladi va murojaatlarni qabul qilish uchun mas'ul bo‘lgan xodimlar belgilanadi.

10. “Ishonch telefoni” orqali  qo‘ng‘iroqlarga javob byerishda qo‘mita tizimining qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi mas'ul xodimi: familiyasini,  ismini,  otasining  ismini,  egallab turgan  lavozimini aytishga;

- qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga “ishonch telefoni”ni faqat tadbirkorlik sub'ektidan arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdyek qasddan yolg‘on ma'lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini ma'lum  qilishi;

- qo‘ng‘iroq qilgan shaxsdan ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan ma'lumotlar so‘rab olinishi shart.

11. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishda tadbirkorlik sub'ektlari: familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, o‘z tadbirkorlik sub'yektining nomini, STIRni, javob yuborilishi kyerak bo‘lgan (yoki elektron) pochta manzilini, qayta bog‘lanish uchun tyelyefon raqamini ma'lum qilishi, shuningdyek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.

12. “Ishonch telefoni” orqali kyelib tushgan murojaatlar qo‘mita tizimining mas'ul xodimlari tomonidan umumlashtiriladi va ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladigan qo‘mita tizimining “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ro‘yxatga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda ko‘rib chiqish uchun tegishli tizimdagi rahbariyatiga kiritiladi.

13. Ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma'lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro‘yxatdan  o‘tkazilmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

14. Qabul qilingan murojaat bo‘yicha o‘sha kunning o‘zida qo‘mita tizimining mas'ul xodimi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha “nazorat kartochkasi” to‘ldiriladi. 

Nazorat kartochkasi ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hollarda to‘ldirilmaydi.

II. “Ishonch  telefoni”  orqali  tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi

 

15.    “Ishonch telefoni” orqali kyelib tushgan murojaatlar, qabul qilgan  mas'ul xodim tomonidan  ko‘rib  chiqiladi  murojaatlarning hududiy tegishliligi bundan mustasno.

Zarur hollarda murojaatda ko‘rsatilgan holat tadbirkorlik sub'ektini jalb etgan holda, joyning o‘ziga chiqib o‘rganilishi mumkin.

16. Yerga oid qonun hujjatlari talablari buzilishi aniqlangan hollarda, tegishli tashkilotlarga aniqlangan qonun buzilishlarini, ularning sabablarini va qonun buzilishiga olib kyelayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuboriladi, ko‘rsatmalar byeriladi, aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolarni byelgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortiladi va yetkazilgan zararni qoplash haqida da'volar kiritadi.

17. Agar murojaatda tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqqa zid qilmish to‘g‘risidagi, shuningdyek uni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxs haqidagi ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, murojaatlar darhol huquqni muhofaza qilish organlariga ularning vakolatlariga muvofiq yuborilishi kerak.

18. “Ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini qabul qilgan qo‘mita tizimlari murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarorning bajarilishini  nazorat qilishlari, shuningdyek, agar zarar tadbirkorlik sub'ektiga uning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini buzish natijasida yetkazilgan bo‘lsa, zararni qonunda byelgilangan tartibda undirish yuzasidan choralar ko‘rishi shart.

19. Qo‘mita tizimidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish vazifasi zimmasiga yuklangan mas'ul xodimlarning noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar kyelib tushgan taqdirda, ushbu murojaatlarni mazkur shaxslarning bevosita ko‘rib chiqishi ta'qiqlanadi.

20. Ko‘rib chiqilishi qo‘mita tizimining vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha “ishonch telefoni” orqali murojaatlar kelib tushgan taqdirda, ushbu holatda mas'ul hodimlari tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish byeriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

21.    Murojaatni ko‘rib chiqqan idora tadbirkorlik sub'ektiga ko‘rib

chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati to‘g‘risida yozma shaklda xabar berishi shart.

Javob tadbirkorlik sub'ektiga yuborilgandan keyin, murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan shaxsning imzosi bilan nazoratdan chiqariladi, bu haqda “ishonch telefoni” orqali tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga tegishli yozuv qayd etiladi.

Tadbirkorlik sub'ektiga byerilgan yozma javobning nusxasi idorada saqlanadi.

22.    Qo‘mita va quyi idoralar tomonidan byerilgan taqdimnomalar bajarilmagan va zarur darajada bajarilmagan taqdirda, tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

III. Yakunlovchi qoidalar

23.    Tadbirkorlik sub'ektlari o‘zlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz rad etilishi ustidan, buysunuv tartibida yuqori turuvchi idoraga yoxud byevosita sudga shikoyat qilishga haqlidirlar.

24.    “Ishonch telefoni” orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.

25.    Ushbu yo‘riqnoma talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

 
"Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasining ishonch telefoniga qilingan murojaatlar